Hukumat naqd puldan foydalanishni qisqartirish maqsadida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralarini ishlab chiqmoqda. Ko‘chmas mulk va avtomobillar oldi-sotdisi, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va boshqalar naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Toshkent jamoat transportida naqd pul bilan to‘lov narxini 3000 so‘mgacha oshirish rejasi borligini aytdi. Bunda naqdsiz to‘lovlar miqdori 1700 so‘m holida o‘zgarishsiz qoladi. “Elektron to‘lovga o‘tishga harakat qilyapmiz. Aholini shu narsaga qiziqtiryapmiz”, — dedi vazir.
O‘zbekistonda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari, uy-joylarni jismoniy shaxslarga sotishda quruvchilar va boshqalar uchun naqd puldan foydalanishni qisqartirish va naqdsiz to‘lovlarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Yog‘och, shinalar va shakar ulgurji savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish ham rejada bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting